<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Iqror</title>
<lyrics>[V1]
 &quot;Odamlar kim debon
 Oʻylaydi meni?&quot; -
 Rabbimiz savolin
 Aytmadi bejiz.
 Kimdir paygʻambar, kim...
 Butrus der shunda:
 &quot;Barhayot Xudoni
 Oʻgʻli Masihsiz&quot;.

[V2]
 Baxtlisan Yuhanno
 Oʻgʻli, ey Butrus.
 Buni senga ochdi
 Samoviy Otam.
 Insoniy onging-la
 Topmading buni
 Osmondan boʻlmasa
 Sigʻdirolmas ham.

[V3]
 &quot;Butrus sening isming
 &quot;Qoya&quot; degani
 Jamoatim qurgum
 Shu tosh ustiga.
 Zulmat kuchlari ham
 Kelolmaydi bas
 To qiyomatgacha
 Kuch-u, dastiga.&quot;

[V4]
 Buyuk bashoratin
 Aytdi Rabbimiz
 Siz-u bizmiz oʻsha
 Jamoat bugun.
 Oyoqqa turaylik
 Rabbim qoʻllasin
 Bizda bor Rabbimdan
 Shijoat bugun.</lyrics>
<author>Sobir Umurov, Ravshan Xizirov</author>
</song>